$
 11974.79
-54.41
 14008.11
-57.63
 159.64
-0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Banklar ipoteka poygasiga qo‘shilayotgan paytda ipoteka oluvchilari soni qariyb 20 foizga qisqargan

Ipoteka

2024-yilning 9 oyida ipoteka bozoridagi holat o‘tgan yillarga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda turibdi. Statistika Markaziy bank rasmiy kanalida e’lon qilindi.

9 oyi ichida 11,7 trillion soʻmlik ipoteka

Unga ko‘ra, shu yilning 9 oyi ichida 11,7 trillion soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 490,3 mlrd. soʻm kamdir.

Ipotekaning qisqarishi Moliya vazirligi mablagʻlari 193,3 mlrd. soʻm, banklarning oʻz mablagʻlari 222 mlrd. soʻm va Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi 78,5 mlrd soʻmga qisqargan.

Ipoteka oluvchilar soni qariyb 20 foizga kamaygan

Shuningdek, ipoteka oluvchilar soni qariyb 20 foizga, 42 790 nafargacha kamaygan (-10 653). Bitta ipotekaning oʻrtacha qiymati oʻtgan yilgi 228,6 mln. soʻmdan 274,0 mln. soʻmgacha yoki 19,9 foizga ko‘tarilgan.

Tijoriy ipotekani oʻrtacha stavkasi 23,8 foizdan 25,0 foizgacha koʻtarilgan, imtiyozli ipotekaning oʻrtacha narxi oʻzgarishsiz 17,5 foizda qolgan.

Asosiy ipoteka birlamchi uy bozorlari uchun berilgan

Raqamlarga qaraladigan bo‘lsa, eng ko‘p ipoteka krediti oluvchilari birlamchi bozordagi uylar uchun olishgan. Unga ko‘ra, 27 665 nafar fuqaroga 7,1 trillion ipoteka krediti ajratilgan. Ikkilamchi bozordagi uylarga berilgan ipoteka kreditlari esa 15 125 nafar fuqaroga 4,5 trillion so‘mni tashkil qilmoqda.

Asosiy ipotekachilar 31-50 yosh oralig‘ida

Ipoteka krediti oluvchilarining yosh tasnifiga qaraydigan bo‘lsak, qariyb 65 foizini 31-50 yosh oralig‘idagilar tashkil qilmoqda. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar esa ipoteka kreditorlarining 27 foizini tashkil qilmoqda, 50 yoshdan yuqorilarasi – 8 foiz.

O‘zbekistondagi eng yirik ipoteka krediti ajratuvchi banklar

Yaqinda Poytaxt bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzolashi bilan, O‘zbekistonda ipoteka krediti beruvchi banklar soni 30 dan oshgan. Eng yirik banklar, masalan, Xalq Banki, Asaka Bank, Ipoteka Bank, Qishloq Qurilish Bank va Agrobank ipoteka kreditlarini rasmiylashtiradi. Bundan tashqari, bir qancha xususiy banklar, jumladan, Kapitalbank, Hamkorbank va TBC Bank ham ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda.

Ipoteka oluvchilarining kamayishiga nima sabab bo‘lmoqda?

Ipoteka krediti oluvchilarining 20 foizga qisqarishining bir necha sabablarini ko‘rib chiqish mumkin. Bulardan biri – foiz stafkalarining oshishi. Agar ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari oshgan bo‘lsa, bu kreditlarni olishni qiyinlashtiradi. Yuqori foiz stavkalari uy-joy xaridi uchun kredit olish xarajatlarini oshirib, aholi o‘rtasida ipotekaga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin.

Shuningdek, uy-joy bozoridagi narxlarning o‘sishi ham ipoteka oluvchilar sonining kamayishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yuqori narxlar aholining moliyaviy imkoniyatlarini qisqartiradi va ko‘pchilik uchun uy-joy olishda qiyinchilik tug‘diradi.

Boshqa tomondan ipoteka shartlarining qiyinlashishi raqamlar kamayishiga sabab bo‘ladi.  Banklar ipoteka kreditlari bo‘yicha shartlarni qattiqlashtirgan bo‘lishi mumkin. Masalan, dastlabki to‘lov miqdorining oshishi yoki kredit olish uchun zarur bo‘lgan daromad miqdori yuqorilashishi ham odamlarning ipoteka olish imkoniyatlarini cheklaydi.

Bundan tashqari, Subsidiya masalasi ham bir tomondan ipoteka kreditorlarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Davlat tomonidan ipoteka kreditlarini qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarning yoki subsidiyalarning kamayishi ham ipoteka olishga qiziqishning pasayishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Subsidiyalar yoki imtiyozlar kamayganda, aholiga kreditlar iqtisodiy jihatdan kamroq qulay bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat