Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston RFBga qimmatli qog‘ozlar joylashtirmoqchi
Shuningdek, bank milliy va xorijiy valyutada mahalliy obligatsiyalarga investitsiya kiritmoqchi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) “Toshkent” respublika fond birjasida (RFB) qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda fond birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kapital bozorini rivojlantirish masalasi
Joriy yilning 10-sentabr kuni respublika fond birjasi boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili YTB ijrochi direktori Saltanat Odilxon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish va unga kirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Qimmatli qog‘ozlar
Uchrashuvda bankning fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish rejalari haqida so‘z bordi. Shuningdek, bank milliy va xorijiy valyutada mahalliy obligatsiyalarga investitsiya kiritmoqchi.
Saltanat Odilxonning Markaziy Osiyo YTB uchun ustuvor mintaqa ekanligini ta’kidladi. Georgiy Paresishvili delegatsiyani kerakli rejalarni amalga oshirish uchun zarur tartib-qoidalar bilan tanishtirib, birja bu jarayonda YTBga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
YTB o‘zi qanday muassasa
Yevroosiyo taraqqiyot banki moliya tashkiloti bo‘lib, unga aʼzo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish, ularning savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.



