O‘zbekistonda uch yilda internet tarmog‘i foydalanuvchilari 7 mln.ga oshgan
Statistika agentligi O‘zbekistonda yillar davomida internet tarmog‘i foydalanuvchilari qanchalik ko‘payganini ma'lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Birgina 2024-yilda bir yil oldingiga qaraganda foydalanuvchilar 12,5%ga oshgan.
Joriy yildagi holat
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning 1-yanvar holatiga, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 % ga oshgan.
Hududlar orasida internet tarmog‘iga ulanganlar soni:
Eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida - 6,3 mln. bo‘lsa, eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida - 0,7 mln.ni tashkil etgan.
O‘tgan yillardagi holat
2023-yilning 1-yanvar holatiga, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 26,7 milliontani tashkil etib, 2022-yilga qaraganda 16,3 % ga yuqorilaganini ko‘rish mumkin. 2022-yilning ayni shu vaqtida foydalanuvchilar soni 23 mln. ni tashkil etgan.
2022-yilda ham eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent va eng kami Sirdaryoda bo‘lgan. Bu yillar oralig‘ida foydalanuvchilar soni 7 milliondan ko‘ra ko‘proqqa oshgan.



