O‘zbekiston internet tezligi reytingida ketma-ket 4-marta yuqoriladi
Mamlakat mobil va simli internet boʻyicha bir necha oʻringa koʻtarildi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Speedtest Global Index reytingida mobil internet tezligi boʻyicha 68-oʻrinni egalladi.
Reyting natijalari
Avgust oyiga nisbatan mamlakat uch pogʻona yuqorilab, mobil internet tezligi 38,96 Mbit/s deb baholandi.
O'z navbatida, simli internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 74-oʻrinni egalladi (ilgari 80-oʻrin edi). Oʻrtacha tezlik — 72,99 Mbit/s.
Eng tezkor mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida — 413,14 Mbit/s. Simli internet tezligi boʻyicha esa Singapur yetakchilik qilmoqda — 305,01 Mbit/s.
Avvalgi koʻrsatkichlar qanday?
Ta'kidlash kerakki, Oʻzbekiston ketma-ket toʻrtinchi oy Speedtest reytingida yuqorilab bormoqda.
iyun — mobil internet boʻyicha 77-oʻrin (ilgari 89-oʻrin), simli internet boʻyicha 83-oʻrin (ilgari 90-oʻrin);
iyul — mobil internet boʻyicha 74-oʻrin (uch pogʻonaga koʻtarilgan), simli internet boʻyicha 82-oʻrin (bir pogʻonaga koʻtarilgan);
avgust — mobil internet boʻyicha 71-oʻrin (uch pogʻonaga koʻtarilgan), simli internet boʻyicha 80-oʻrin (ikki pogʻonaga koʻtarilgan);
sentyabr — mobil internet boʻyicha 68-oʻrin (uch pogʻonaga koʻtarilgan), simli internet boʻyicha 74-oʻrin (olti pogʻonaga koʻtarilgan).



