$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Koreyada ishlab qaytganlarga jami 1 mln. 373 ming dollar qaytarib beriladi

koreys puli

Koreya Respublikasida muvaffaqiyatli ishlab qaytgan fuqarolarga 1 mln. 373 ming dollar miqdoridagi pul qaytarib beriladi. Bu haqida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

Arizalar qabul qilinyapti

Ta’kidlanishicha, 2004–2021-yillar oralig‘ida mazkur davlatda E-9 hamda H-2 viza turlari asosida muvaffaqiyatli ishlab vatanga qaytgan 2482 nafar fuqaroning Samsung sug‘urta to‘lovlari hamda 13-oylik pullarini qaytarib berish uchun arizalarni qabul qilish boshlangan. Fuqarolar Koreya Respublikasidan muvaffaqiyatli ishlab qaytayotgan payt aeroportda ushbu pulni qaytarib olishi mumkin.

Kimlar qaytarib olish huquqiga ega?

Ma’lumot uchun, Koreyaga E-9 vizasi bilan borgan barcha ishchilar Samsung sug‘urtasi uchun belgilan miqdordagi to‘lovni 3 oy ichida o‘z oyliklaridan avtomatik ravishda to‘lashlari belgilangan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa ishchilarni har xil vaziyatlarda ham sug‘urtali holatda bo‘lishidir. Lekin bu pullar fuqaro yurtga qaytayotganida qaytarib beriladigan pullar hisoblanadi. Havolada pul mablag‘larini qaytarib olish huquqi bor bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxati keltirilgan.

Pul mablag‘larini qanday qaytarib olish mumkin?

Ushbu fuqarolar to‘lovlarni qaytarib olishi uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyatlardagi filiallariga bir qator hujjatlarni topshirishlari so‘ralmoqda:

Fuqarolik pasport nusxasi (Agar Koreyaga borganda fuqarolik pasporti almashtirilgan bo‘lsa, pasportni almashtirganlik haqidagi ma’lumotnomani olish lozim. Bunda e’tibor beriladigan jihat – eski pasport hamda yangi pasport raqamlari aniq qilib ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Ism-sharif ingliz tilida bo‘lishi kerak.);

Fuqaro nomiga Milliy bankdan ochilgan bank hisob raqami hujjati (Hujjatda fuqaroning ism-sharifi pasport rasmli beti bilan bir xil bo‘lishi lozim. Kirill harfda yozilishi mumkin emas! Shuningdek, berilgan hujjatga bank muhr bosib berishi shart.);

Fuqaro nomidan to‘ldirilgan ariza (Ariza anketasini yuklab olib, Agentlik filiallarida to‘ldirish mumkin.).

Qaytarib olish jarayoni

Xabarda keltirilishicha, bu pullar hozirgi kunda EPS markazi hisobida ham, Agentlik hisobida ham emas, balki HRD Koreyaning hisob raqamida turgan mablag‘lar hisoblanadi. Ro‘yxatda mavjud fuqarolar hujjatlarni kamchiliklarsiz yig‘ib topshirganlaridan so‘ng, Agentlik va EPS markazi hujjatlarni Koreya tomonga yuboradi. Koreya tomon hujjatlarini ko‘rib chiqib, fuqaro o‘zining nomiga ochgan Milliy bank hisob raqamiga pulni o‘tkazib beradi.

Теги :
Jamiyat