$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Saxar”: Olimlar insulin qabul qilishdan butunlay voz kechish yoʻlini topdi

insulin

 Xitoy olimlari ilk bor ildiz hujayralarini koʻchirib oʻtkazish orqali qandli diabetning birinchi va ikkinchi turini davolashga muvaffaq boʻldi.

25 yoshli “tajriba quyonchasi”

Ushbu yangi muolaja usuli bemorlarning insulin qabul qilishdan butunlay voz kechib, salomatligini tiklashiga yordam berdi. Buning uchun qayta dasturlashtirilgan hujayralardan foydalanildi.

 Klinik sinovlar chogʻida qandli diabetning 1-turidan aziyat chekayotgan 25 yoshli ayolda ildiz hujayralari transplantatsiyasi amalga oshirildi.

 Operatsiyadan bir necha oy oʻtib, bemor organizmi insulin gormonini ishlab chiqarish qobiliyatini bosqichma-bosqich tikladi. Natijada ayol yana sogʻlom hayotga qaytdi.

Ildiz hujayralari

 Ma’lumki, ildiz hujayralari oʻz-oʻzidan koʻpayish, mitoz yordamida boʻlinish va maxsus hujayralar hosil qilish, ya’ni turli a’zo va toʻqimalarga aylana olish xususiyatiga ega.

 Zamonaviy tibbiy amaliyotda ulardan onkologik, xususan, leykoz kabi qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Endi bunday xastaliklar roʻyxatiga qandli diabet ham qoʻshildi.

Insulin qabul qilishdan toʻliq voz kechgan bemor

 Klinik sinovlarning navbatdagi bosqichida kasallikning 2-turiga chalingan 59 yoshli erkak shu usulda davolandi. Ildiz hujayralari koʻchirib oʻtkazilgan ushbu bemor insulin qabul qilishdan toʻliq voz kechishga erishdi.

 Tyanszin shahar markaziy shifoxonasi qoshidagi Transplantatsiya markazi bosh shifokori Van Shusenning qayd etishicha, ushbu yangilik dunyoda qandli diabetga chalingan millionlab odamlarni davolashda olamshumul yutuq boʻlishi mumkin.