$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Instagramda profilga qo‘shiq ulab qo‘yish funksiyasi ishga tushirildi

Instagram

Bu funksiya ishga tushgani haqida haqda “The Verge” nashri xabar berdi.

U qanday ishlaydi?

Bu funksiya ilovaning so‘nggi versiyasida mavjud bo‘lib, profil sozlamalarida ijro etiladigan 30 soniyalik qo‘shiq tanlash imkonini beradi. Qo‘shiq avtomatik ravishda ijro etilmaydi, sahifani ko‘rayotgan foydalanuvchilar qo‘shiqni ijro etishi va to‘xtatishi mumkin bo‘ladi. Trekni profildan olib tashlash yoki boshqasiga almashtirish ham imkoniyati mavjud.

Ishga tushirish

Foydalanuvchilar profilni tahrirlash sahifasiga o‘tish orqali qo‘shiq qo‘shishlari , u yerda ular Instagram’ning litsenziyalangan musiqalar kutubxonasidan trekni izlashlari va tanlashlari mumkin. Shuningdek, nashr Instagram foydalanuvchilarning sun’iy intellekt nusxasini yaratish funksiyasini qo‘shganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Instagram 20 tagacha rasm va video yuklash funksiyasini qo‘shishi haqida xabar bergan edi.