Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +12° kechasi +9°

Inson va it miyasining sinxronlashuvi

Odamlar va itlar o‘rtasidagi doimiy muloqot ularning miyalari bir xil to‘lqinlarda ishlashiga sabab bo‘ladi.

2 daqiqa o‘qiladi

It bilan sayr

Ilmiy tadqiqotlar inson va ularning sevimli itlari orasidagi aloqaning nafaqat hissiy, balki neyron darajada ham chuqurlashishini ko‘rsatyapti. Odamlar va itlar o‘rtasidagi doimiy muloqot va vaqt o‘tkazish nafaqat ular orasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi, balki ularning miyalari ham bir xil to‘lqinlarda ishlay boshlaydi. Bu haqdagi tadqiqot Advanced Science jurnalida e’lon qilindi.

Inson va it miyasining “bir xil to‘lqinlarda ishlashi”

Yaqinda o‘tkazilgan tajriba davomida, olimlar begona erkak va itni tanishtirib, ularning o‘zaro muloqotini kuzatishgan. Oradan atigi 5 kun o‘tgach, erkak va it miyalarida o‘xshash elektr impulslari paydo bo‘lgan, ya’ni ularning miyasi “bir xil to‘lqinda ishlashni” boshlagan. Bu tadqiqot inson va it o‘rtasidagi chuqur biokimyoviy va hissiy aloqani tasdiqlaydi.

Sinxronlashuvga nima sabab bo‘ladi?

Bu sinxronlashuv, asosan, birgalikda o‘tkazilayotgan vaqt va faoliyat natijasida kuchayadi. Itingizni silash, u bilan o‘ynash va doimiy e’tibor qaratish orqali, bu neyron aloqani yanada mustahkamlay olarkansiz. Olimlarning fikricha, bunday aloqalar hayvonlarning stressini kamaytirib, ularning hissiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga, bu insonlar uchun ham foydali bo‘lib, stressni kamaytiradi va ijobiy hissiyotlarni oshiradi.

Ushbu aloqalar yanada chuqurroq ilmiy izlanishlar olib borishga imkon yaratadi

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, it bilan o‘tkazilgan har bir daqiqa sizning ham ruhiy va jismoniy sog‘ligingiz uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. It egalari va ularning sevimli do‘stlari o‘rtasidagi bu maxsus aloqani tushunish, kelajakda yanada chuqurroq ilmiy izlanishlar olib borishga imkon yaratadi.