$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Xodim qamoqda, rahbarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ketmoqda — Inbazar ishi

inbazar

O‘zbekistonda yillar davomida o‘z mavqeini ko‘tarib kelayotgan Inbazar kiyim do‘konida sodir bo‘lgan ishlar tarmoqning o‘zbekcha segmentida asosiy muhokama mavzusiga aylanib ulgurdi. Dastlab, do‘kon qorovuli qo‘l ostidagi xodimini kaltaklagach, voqea jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Keyinchalik esa vaziyatga nisbatan uzr so‘rab chiqqan markaz asoschisining o‘zi xodimlariga xatosi uchun kuch ishlatgani hamda tahdid qilgan aks etgan video va audiolari tarqaldi. Buning ortidan tarmoqdagi savdo markazi manzili va uning asoschisi manziliga yo‘llangan xeytlar karrasiga oshdi.

Mushtumzo‘rlar jazolandi

Dastlabki holatni o‘rgangan shahar IIBB xabariga ko‘ra, 13-sentyabr kuni savdo majmuasining 23 yoshli xodimi o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 18 yoshli xodimni qo‘li bilan urgan. Voqeani esa boshqa bir xodim videotasvirga tushirgan. Tarqalgan videolardan biriga ko‘ra, xodim omborxonada aravachani uzoqdan g‘ildiratib yuborgan. Xodim buni "bilmasdan qilgani, aravacha qattiq tushmaydi degan xayolga borganini" aytgan. Ish boshqaruvchi esa u buni atayin qilganini aytib, uzr so‘raganiga qaramay, yigitni urishda davom etgan. Voqeadan so‘ng xodimni kaltaklagan fuqaro ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirildi. IIBB xabariga ko‘ra, kaltaklangan fuqaro mazkur holat yuzasidan muqaddam ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan. Fuqaroga qonuniy chora ko‘rish uchun ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan. Toshkent shahar sudi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 16-sentyabr kuni mazkur holat sudda ko‘rib chiqilgan.Unga ko‘ra, xodimning yuziga tarsaki tushirgan yigitga 7 sutka, holatni videoga olganga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Poytaxt IIBB bayonoti

Savdo markazi rahbari ham tabiiy ravishda o‘z ishchilariga zo‘ravonlik qilgani uchun jazoga tortilishga yaqin turibdi. Uning qilmishlari aks etgan videolardan so‘ng shahar IIBB mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv boshladi

Videoda aks etgan holatlar eski bo‘lib, muqaddam ariza bilan murojaat qilinmagan. Videodagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, - deya xabar qildi poytaxt IIBB Matbuot xizmati.

Shu o‘rinda yuqoridagi holatni ko‘rib bir iqtibos xayoldan o‘tadi. Unda shunday so‘zlar yangraydi: 

Bu dunyo yomonlar borligi uchun emas, yomonlarni yomonlik qilishini indamay tomosha qilib turgan odamlar borligi uchun xavfli.

“Mist Robot” serialidagi nutqlardan bir parcha.

Теги :
Жамият