$
 12890.43
11.47
 14720.87
-80.92
 156.04
-2.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Biznesni rivojlantirish banki “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” ilovalarini ishga tushirdi

BRB

23-aprel kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” nomli innovatsion loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank rahbariyati, hamkor tashkilotlar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Bank tizimini isloh qilish bo‘yicha 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan strategiya doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar fuqarolarga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda yangi qulayliklar yaratishni maqsad qilgan. Hozirda bank KPMG xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyani hayotga tatbiq etmoqda.

O‘zini o‘zi band qilganlar uchun platforma

“Mening biznesim” — bu o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mo‘ljallangan raqamli platforma bo‘lib, u orqali shaxslar tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, rasmiy daromadga ega bo‘lmagan holatda ham kredit olish, kasb-hunariga mos xizmatlarini aholiga onlayn taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mehnat staji yuritilishi orqali keyinchalik ijtimoiy ta’minot tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

“Mening buyurtmam” 

“Mening buyurtmam” esa mijozlar bilan xizmat ko‘rsatuvchilarni bog‘lovchi vositachi platforma bo‘lib, u orqali foydalanuvchilar ustalarni izlash, ularning reytingi, avvalgi mijozlar fikrlari asosida tanlov qilish, xizmat uchun buyurtma berish va geografik joylashuvga qarab yaqin mutaxassisni topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Har ikki loyiha doirasida xizmatlar katalogi va doimiy qayta aloqa tizimi joriy etilgan. Bu esa foydalanuvchilarga 24/7 rejimida xizmatlardan foydalanish va taklif etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Taqdimot davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB vakillari yangi strategiyalar, raqamli yechimlar va istiqboldagi innovatsion tashabbuslar haqida ham ma’lumot berdi.