$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ishchilarning 10 foizini nogironligi bor shaxslar tashkil etadi

nogiron

AOKAda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati ishtirokida 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yangi tartibdagi nogironlikni belgilash, inklyuziv jamiyat va bandlik masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.

Nogironlikni belgilashning yangi tizimi

“Ijtimoiy himoya: yangi tartibdagi nogironlikni belgilash, inklyuziv jamiyat va bandlik” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuzivlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini ta’minlash masalalari haqida so‘z bordi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar nogironlikni belgilashning yangi tizimi haqida to‘xtaldilar. Xususan, joriy yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-257-sonli qarori qabul qilindi.

“Inson” markazlari

Hujjatga muvofiq, 1-sentyabrdan boshlab, Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, my.gov.uz, “Inson” markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

 Bunda “Inson” markazlari xodimlari tomonidan JSS nogironlikni baholash shkalasining mahalliy xususiyatlar va shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etildi.

Vaucherlar yo‘lga qo‘yilishi qanchalik foyda berdi?

Nogironlikni belgilash jarayonida avtomatik tarzda muhtojlik belgilanib, kerakli POM (protez ortopediya moslamalari) va RTV (reabilitatsiya qilishning texnika vositalari) mahsulotlari uchun vaucher shakllantiriladi. Elektron tijorat yoki my.ihma.uz dagi shaxsiy akkaunt orqali muhtoj shaxs kerakli vositaga buyurtma berishi va foydalanishi mumkin bo‘ladi.

May oyidan buyon hozirgacha ushbu tizim orqali 43 mingdan ortiq vaucher shakllantirildi. Shundan 22500 nafar fuqaro o‘ziga kerakli mahsulotlariga buyurtma qilgan. Shundan 17500 nafardan ortiq fuqaroga kerakli vositalar yetkazib berilgan. 5000 tasi yetkazib berish jarayonida.

Protez olgan va boshqa nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda fuqarolarning bandligini ta’minlash, kasbga va sportga yo‘naltirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.

IHMA tizimidagi ishchilarning 10 foizida nogironlik bor

Xususan, joriy yilning fevral oyida davlat idoralarida 20 ming nafar, tijorat bandlarida esa 1 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi hamkorlik tizimi ishga tushdi. Birgina IHMA (Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tizimidagi ishchilarning 10 foizini nogironligi bor shaxslar tashkil etadi.

Bugungi kunga kelib ushbu tizimda 52 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qilindi. Malaka talablariga javob bergan 3 400 dan ortiq fuqarolar ish bilan ta’minlandi.

Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ham 90 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashdi.

Matbuot anjumani so‘nggida OAV vakillari bilan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuzivlik va teng imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozlar bo‘yicha qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Теги :
Jamiyat