$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

1-bosqich talabalaridan ijara to‘lovini qoplashga onlayn arizalar qabul qilinmoqda

pos

1-bosqich talabalari uchun 24−27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplash yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Arizalar yuborish

Bunda arizalarni joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar jo‘natishlari mumkin.

Vazirlikning qayd etishicha, “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” talabalarga yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, lekin joylar soni cheklanganligi bois ijarada turgan talabalar tushuniladi. Shundan kelib chiqib, o‘z ixtiyori bilan ijarada turganlarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tilgan.

Onlayn shakl

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun shaxsiy hisob ochilgan bo‘lishi kerak.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab qilinmaydi. Biroq undan keyingi oylarda to‘lovlarni qoplashi uchun talaba ijara shartnomasini tuzishi kerak.

Qoplanadigan qism qancha?

Talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar quyidagicha qoplanadi:

Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (340 ming so‘m);

qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (170 ming so‘m).

Теги :
Jamiyat