Ijara xizmatlari 2024-yilda 5,4% ga o‘sdi
2024-yilning 11 oyida O‘zbekistonda ijara xizmatlarining umumiy hajmi 8 683,4 milliard so‘mni tashkil etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlarining umumiy hajmi 8 683,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4% ga o‘sgan.
Eng ko‘p o‘sish qaysi hududda?
Yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (118,9%) va Samarqand (110,3%) viloyatlarida kuzatilgan.

Avvalroq, noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 1,3% ga pasaygani qayd etilgani haqida xabar bergan edik.



