$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qishki mavsumda ham poytaxtda ijara uylarning narxi arzonlashda davom etmoqda

kvartira

Toshkent shahrida noyabr oyida ham ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga tushgan. To‘liq ta’mirlangan xonadonlarda esa narxlar deyarli o‘zgarmadi.

O‘rtacha ta’mirlangan uylarning narxi

Noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun ijara narxlari mos ravishda 0,9 va 1,3 foizga pasaydi. Kattaroq, ya’ni 4 xonali uylarning ijara narxi esa 3,9 foizga tushdi. Ayni vaqtda, 3 xonali uylarning narxi biroz ko‘tarilib, 0,8 foiz o‘sish kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan xonadonlar narxi

To‘liq ta’mirlangan xonadonlar segmentida noyabr oyida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. 1 xonali uylar narxi biroz, ya’ni 0,6 foizga oshgan bo‘lsa, 4 xonali uylarning ijara narxi aksincha, 0,9 foizga tushdi. 2 va 3 xonali uylar narxlari esa o‘tgan oyga nisbatan barqaror qolgan.

Hududiy dinamika

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar:

 • Eng arzon tumanlar:

 • Sergeli: 1 xonali – 298$, 2 xonali – 360$, 3 xonali – 404$, 4 xonali – 411$.

 • Olmazor: 1 xonali – 330$, 2 xonali – 364$, 3 xonali – 463$, 4 xonali – 479$.

 • Eng qimmat tumanlar:

 • Mirobod: 1 xonali – 378$, 2 xonali – 516$, 3 xonali – 680$, 4 xonali – 865$.

 • Yakkasaroy: 1 xonali – 367$, 2 xonali – 488$, 3 xonali – 668$, 4 xonali – 743$.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar:

 • Eng arzon tumanlar:

 • Sergeli: 1 xonali – 331$, 2 xonali – 410$, 3 xonali – 509$, 4 xonali – 587$.

 • Uchtepa: 1 xonali – 353$, 2 xonali – 450$, 3 xonali – 554$, 4 xonali – 688$.

 • Eng qimmat tumanlar:

 • Mirobod: 1 xonali – 479$, 2 xonali – 718$, 3 xonali – 984$, 4 xonali – 1313$.

 • Shayxontohur: 1 xonali – 520$, 2 xonali – 730$, 3 xonali – 1032$, 4 xonali – 1258$.

Теги :
Jamiyat