$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston — IHT turizm yo‘nalishi raisi

Bugun, 31 may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm vazirlari yig‘ilishida xalqaro tadbirni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida rasmiylar tomonidan Tashkilotda turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tganligi e’lon qilindi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston raisligi doirasida Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm hamkorligini, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yo‘nalishlarda samarali loyihalar va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar.