Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Qaysi davlat idoralarida ish bitishi qiyin?

2024-yilning 9 oyida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat idoralarida 539 593 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi davlat idoralarida ish bitishi qiyin?

2024-yilning 9 oyida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat idoralarida 539 593 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaysi turdagi huquqbuzarliklar ko‘p?

2024-yil 9 oylikda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonunbuzilishlar (vazirlik va idoralar kesimida) 539 593 holatda aniqlangan. Ularning:

  • 418 547 tasi — muddat buzilish;
  • 69 260 tasi — asossiz rad etish;
  • 25 060 tasi — ortiqcha hujjat talab etish;
  • 674 tasi — to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq.

Eng ko‘p qonunbuzilishi aniqlangan idoralar

Vazirlikning ta'kidlashicha, eng ko‘p qonun buzilishi “O‘zsuvta’minot” AJ da aniqlangan — 177 139 ta. Undan keyin:

  • Kadastr agentligida — 50 319 ta;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligida — 45 272 ta;
  • “Hududgazta’minot” AJ da — 44 897 ta;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida — 44 395 ta.