$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Ish beruvchi xodimga kompensatsiya to‘lashi shart bo‘lgan holatlar e'lon qilindi

positive

Ba‘zi holatlarda ish beruvchilar xodim mehnat vazifasini bajarishi uchun xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart.

Safar bilan bog‘liq holatlarda

Konpensatsiya to‘lanishi shart bo‘lgan holatlar:

xizmat safarlarida bo‘lganda;

sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;

ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;

Tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlar

Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganida xarajatlar uchun mablag‘ ajratishi kerak.

Bundan tashqari, xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi yoki foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun ham konpensatsiya to‘lab beriladi.

Теги :
Jamiyat