$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Majburlashsiz, erkin tanlov bilan, xarajatlar qoplangan holda — ishga “ko‘chuvchi”larning huquq va imtiyozlari

huquq17

Xodimlar o‘zlari yashaydigan hududdan boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tgandan keyin, ular foydalanadigan bir nechta huquqlar majmui bor. Ushbu huquqlar Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Chiptadan tortib “ko‘tarma”gacha

Yashash joyidan tashqarida ishga jo‘natilganda qilinadigan kompensatsiyalar quyidagilardir:

  • xodim va oila a’zolari (er, xotin, ular bilan birga yashaydigan, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari) yo‘lkirasining yo‘l chiptalarini olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlari miqdoridagi qiymati;
  • temir yo‘l yoki avtomobil transportida xodimning o‘ziga besh yuz kilogrammgacha va u bilan birga ko‘chib o‘tayotgan oila a’zolariga jami besh yuz kilogrammgacha bo‘lgan mol-mulkni tashish xarajatlari;
  • yo‘lda bo‘lishning har bir kuniga xizmat safarlari uchun nazarda tutilgan miqdorda sutkalik to‘lovlar;
  • agar ko‘chib o‘tayotgan xodimning ushbu joyda shaxsiy uy-joyi mavjud bo‘lmasa hamda ish beruvchi ushbu xodimga va uning oila a’zolariga tegishli uy-joy taqdim etmasa, uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
  • yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik tarif stavkasi (maosh) miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul), shuningdek xodim bilan birga ko‘chib o‘tayotgan har bir oila a’zosiga ko‘chib o‘tayotgan xodim tarif stavkasining (maoshning) uchdan bir qismi, basharti ushbu oila a’zolari xodimga alohida uy-joy berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida ko‘chib o‘tsa.

Har kim o‘z ish joyini o‘zi tanlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 94 moddasiga ko‘ra, har kim o‘z qobiliyati va ishlay olishidan kelib chiqib, ish joyini o‘zi tanlash huquqiga ega, u xususiy bandlik agentliklari orqali ish joyini erkin tanlashi mumkin, majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat xodimni majburlashlardan himoya qiladi

Davlat fuqarolarni ishga majburiy jalb qilishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazishidan, xodimni ishdan chetlatishdan hamda noqonuniy mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoya qiladi. Xodimlarni o‘z xohishiga qarshi boshqa joydagi ishga o‘tkazish taqiqlandi.