$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarining himoya qilinishi kuchaytiriladi

hujjat

4-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Unga muvofiq, endilikda xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarining himoya qilinishi kuchaytiriladi.

Kodeks yangi bob bilan to‘ldirilmoqda

Ma’lum qilinishicha, qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda.

Shuning bilan birga, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.