$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Paynet o‘z aktivlari miqdoridan uch baravar yuqori bo‘lgan Humo’ni qanday sotib oldi?

Paynet

Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Humo” to‘lov tizimini boshqaruvchi Milliy banklararo protsessing markazining 100 foiz ulushini sotishga kelishgani haqida xabar berilgandi. Uchta da’vogardan eng yuqori narx — $65 mln. taklif bilan “Paynet” g‘olib bo‘lgandi.

Paynet Humo’ni sotib olish qaroriga 1-noyabrda kelgan

O‘tgan yilning 1-noyabr kuni Paynet aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida MBPMning 100 foiz davlat ulushini sotib olish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilindi. Ijroiya organi Humo uchun to‘lov kunidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha maksimal qiymati $65 mln. bo‘lgan oldi-sotdi shartnomasini tuzishni ma’qullagan. Majburiy taklifni topshirishning oxirgi muddati etib 15-noyabr belgilangan.

Bitim 3 hafta kechiktirilib e’lon qilindi

Paynet bilan Humo’ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim 2024-yilning 25-dekabrida tuzilganiga qaramay, Davaktiv agentligi bu haqda oradan deyarli uch hafta o‘tib — 13-yanvar kuni Korporativ axborot yagona portalida rasman e’lon qilgan.

Humo‘ni sotib olish uchun Paynet qarz yoki bank krediti jalb qilgan

Bitim qiymati 840,3 mlrd. so‘mni ($65 mln.) tashkil etdi, bu esa Paynet’ning sof aktivlari miqdoridan (261 mlrd. so‘m) uch baravar yuqoridir.

Bloger Otabek Bakirovga ko‘ra, buncha mablag‘ bitim oldidan uning ixtiyorida yetarli bo‘lmagan. 1-oktyabr holatiga kompaniyaning 396,3 mlrd. so‘mlik pul mablag‘lari qayd etilgan (lekin bu operatsion faoliyat uchun va avanslardan shakllangan aylanma mablag‘lar ekanini unutmaslik kerak). Kelib chiqadiki, Humo‘ni sotib olish uchun Paynet AJ qarz yoki bank krediti (yoki bank kafolati) jalb qilgan bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Humo bo‘lib to‘lashga sotilgan bo‘lishi ham mumkin

Keltirilishicha, Davaktiv xususiylashtirilgan Humo bo‘yicha to‘lov shakli yoki hisob-kitob usuli haqida biron ma’lumot bermagan.

 

“Lekin, “xususiylashtirish” otalarining ishlatgan avvalgi sxemalaridan kelib chiqilsa, Humo bo‘lib to‘lashga yoki xalq tilida aytganda “rassrochka”ga sotilgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, energetika sohasidagi juda ko‘p aktivlar, ularning ichida Farg‘ona neftni ishlab chiqarish zavodi alohida ajralib turadi, shunaqa “sopini o‘zidan chiqarib berish” usulida “xususiylashtirilgan””, – deb yozadi iqtisodchi bloger.

Bakirovning ta’kidlashicha, bo‘lib to‘lashda sotib olingan aktiv uchun “investor” fe’lan bir tiyin to‘lash shart emas, aktivning o‘zi generatsiya qilayotgan foyda yoki qimmatlashtirilgan bitimlar orqali, aytaylik, 3-yilda hisob-kitobni yakunlasa bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat