Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Qibrayda “Range Rover” rusumli avtomashinaga qurolli hujum uyushtirilgan

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda “Range Rover” rusumli avtomashinaga qurolli hujum uyushtirilgan

Bugun, 26-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Range Rover” rusumli avtomashinaga 2 nafar noma’lum shaxslar o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan.

Hodisa tafsiloti

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, 26-oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxslar mazkur avtomashinaga o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan. Qayd etilishicha, Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.