$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Xavotirli tong: Isroil Erondagi harbiy obyektlarga zarba berdi

Isroil Eron

Isroil Erondagi harbiy obyektlarga zarba berdi. Hujum sahar soat 4 atrofida boshlangan va ayni vaqtda yakunlanadi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galant Tel-Avivdagi Mudofaa vazirligi majmuasidagi harbiy operatsiyani shaxsan kuzatib borgan. Birinchi portlashlar Tehron hududida, ikkinchi hujum Sheroz hududida qayd etiladi.

Ojiz nuqtalarga tegilmadi

Hujumda o‘nlab samolyotlar ishtirok etdi. Isroil ommaviy axborot vositalarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Isroildan 1600 km masofadagi hujumda 140 ta samolyot qatnashgan. Isroil Eronning neft obyektlariga, shuningdek, Tehrondagi Imom Xomeyni va Mehrobod aeroportlariga zarba bermadi. Al-Mayadin telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Tehron viloyatidagi uchta harbiy bazaga hujum qilishga uringan, hujumlarga Eron havo mudofaasi qarshilik ko‘rsatgan.

Hujum nishoni

Isroil OAVlarining xabariga ko‘ra, hujum Eron mudofaa sanoatining asosiy harbiy obyektlariga qaratilgan. Xususan, Tel-Aviv raketa zavodlari, dron ishlab chiqaradigan zavodva ballistik raketalarni uchirish bazalarga zarba berishga uringan. Hujumning birinchi to‘lqini Eronning havo hujumidan mudofaa tizimiga zarar yetkazishga qaratilgan edi. Bu taktika Isroil havo kuchlarining Eron havo hududida harakat qilish erkinligini ta’minlashga qaratilgandi. 

Mudofa reaksiyasi

The New York Times'ning yozishicha, Isroil so‘nggi kunlarda AQSh bilan obyektlar ko‘lami va turlari bo‘yicha maslahatlashgan. AQSh bugun erta tongdagi sionistlarning hujumini 1-oktyabr kunidagi Eronning hujumlariga qarshi mudofaa reaksiyasi deb ta’rifladi. Eronga hujum qilishdan oldin, Isroil Suriya va Livanga juda kuchli zarbalar berdi. Suriyada Damashq hududida portlashlar eshitildi, Xoms va Tartus hududlaridagi havo mudofaa tizimlari faol ishladi. Shuningdek, Bayrutning janubiy tumanlarida ham hujumlar qayd etildi. Eron hujumdan oldin, agar Isroil zarba bersa, Tehron javob beradi va buni tezda amalga oshiradi, deb ogohlantirgan edi.

Теги :
Jamiyat