$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘simtani sog‘lom hujayralarga aylantirish yo‘li topildi

tadqiqot

Koreyalik olimlar o‘simtani sog‘lom hujayralarga aylantirish usulini topdi

Tajriba jarayonida saraton hujayralari oddiy sog‘lom hujayralarga aylangan

Koreyalik olimlar — saratonni parchalamasdan davolashni o‘rganishdi. Sichqonlarda sinab ko‘rilgan bu usul muvaffaqiyatli natija ko‘rsatdi.

Tadqiqotlar natijalari:

Yo‘g‘on ichak saratonini o‘rganish jarayonida mutaxassislar uchta “yovuz” gen — MYB, HDAC2 va FOXA2 ni aniqlashdi. Aynan ular kasallik rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Bu genlar faoliyati to‘xtatilganda, saraton hujayralari oddiy sog‘lom hujayralarga aylangan.

Hozir bu usulni kemiruvchilardagi miya saratonida sinovdan o‘tkazishmoqda. Agar natija muvaffaqiyatli bo‘lsa, kimyo terapiyasidan voz kechish mumkin bo‘ladi.