Hayot uchun xavfli kasalliklar necha yoshdan sezila boshlaydi?
Olimlar ko‘plab kasalliklar bir necha o‘n yillar mobaynida shakllanishini ta’kidladilar.
1 daqiqa o‘qiladi

Insonlar vaqtida o‘z salomatligiga yetarlicha e’tibor berishmaydi va oqibatda bir qator kasalliklar yuzaga kela boshlaydi. Olimlar hayot uchun xavfli kasalliklar odatda necha yoshda ma’lum bo‘lishini aniqlashdi.
63 yoshda yillar davomida organizmda to‘plangan kasalliklar yuzaga chiqadi
Ko‘pincha hayot uchun xavfli kasalliklar 63 yoshli bemorlarda aniqlanadi, deydi ortoped-jarroh Vonda Rayt.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, o‘pka saratoni, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, ko‘krak yoki prostata saratoni ko‘pincha odam nafaqaga chiqqanda aniqlanadi. Bundan tashqari, kasallik ushbu yoshda paydo bo‘lmaydi - uning paydo bo‘lishi uchun o‘nlab yillar kerak bo‘lishi mumkin, deb tushuntirdi shifokor.
O‘rta yoshda sog‘likka jiddiy e’tibor qaratish lozim
Uzoq umr ko‘rishning yagona yo‘li kasallikning oldini olishdir.
“40 yosh - sog‘lig‘ingizni yaxshilash uchun juda muhim yosh. Agar 63 yoshda sog‘lig‘ingizni tiklashga qaror qilsangiz, bu siz uchun ancha qiyin bo‘ladi”, - deya xulosa qildi shifokor.



