Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
O‘zgidromet kelayotgan dam olish kunlarida sodir bo‘lishi kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zgidromet kelayotgan dam olish kunlarida sodir bo‘lishi kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlar
Unda ma’lum qilinishicha, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq, asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqatgina 21-sentyabr, shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shuningdek, respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda ham yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Poytaxt ob-havosi
O‘zgidromet o‘z axborotida yana shularni qayd etadiki, bu kunlarda shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda o‘rtacha tezlikkacha esadi. 21—22-sentyabrda esa ayrim hududlarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkent shahrida 20—21-sentyabr kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 22 sentyabrda esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 14—17, kunduz kunlari 28—31 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.



