$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Yog‘inli kunlar yaqinlashmoqda

Soyabon

“O‘zgidromet” va Jahon iqlim modellariga ko‘ra, 20−27-oktyabr oralig‘ida Orol dengizi akvatoriyasi, Hisor tog‘ tizmalarida kuchli yog‘inlar, shuningdek, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyati hamda vodiy viloyatlarida ham ijobiy yog‘in kutilmalari mavjud. 

“O‘zgidromet” prognozlari

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 22-oktyabr kuni Surxondaryo va vodiy viloyatlaridan tashqari boshqa viloyatlar, 23-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Boshqa kunlari respublika bo‘ylab 25-oktyabrga qadar vaqti-vaqti bilan turli xil miqdorda yog‘ingarchiliklar kutiladi. 25-oktyabr kuni respublikaning katta qismida yaxshigina yog‘ingarchilik bo‘lishi prognoz qilingan. Tog‘larda esa 23 va 25-oktyabr kunlari kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Havo harorati

Hafta davomida Surxondaryoda havo harorati kunduz kunlari +17… +22 daraja, boshqa viloyatlarda — hafta boshidan o‘rtasiga qadar pasayib borish tamoyili bilan — shimolda +10 darajadan, vodiy viloyatlari va Qashqadaryoda +22 darajagacha o‘zgarib turadi. Tog‘larda esa hafta davomida kunduz kunlari +6…+11 daraja iliq bo‘ladi. Respublika bo‘ylab asosiy sezilarli salqinlik 24−25-oktyabr kunlariga to‘g‘ri keladi. Tunda faqat shimolda va baland tog‘larda havo harorati +0…+5 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlari hamda tog‘li hududlarda +4…+9 daraja, boshqa hududlarda esa +8…+13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari esa havo harorati biroz ko‘tariladi. Ammo bu havo isib ketadi, degani emas — kutilayotgan harorat muhitida hatto janubiy viloyatlarda ham havo harorati kunduzi nari borsa +17…+22 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.

Sodda tildagi tafsilot

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovga ko‘ra, joriy haftaning boshi hamda dam olish kunlarida salqin, hafta o‘rtalarida esa sovuq ob-havo muhiti kutiladi. Bu haftada ketma-ket bulutli kunlarga guvohi bo‘lish mumkin, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik ham bo‘ladi. Jahon iqlim modellariga ko‘ra, 20−27-oktyabr oralig‘ida Orol dengizi akvatoriyasi, Hisor tog‘ tizmalarida yaxshigina yog‘inlar, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyati hamda vodiy viloyatlarida ham ijobiy yog‘inlar kuzatilishi mumkin. Ammo, bu o‘tgan safarda (14−16-oktyabr kunlarida)gi kabi yog‘in anomaliyalarini keltirib chiqarmaydi. Nam havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgan 22 va 25-oktyabr kunlari cho‘llarda va janubiy viloyatlarda kuchli shamollar kuzatilishi mumkin. Shamollar tezligi u qadar yuqori xavf-xatar keltirib chiqaruvchi kuchga ega bo‘lmaydi — shamol tezligi ko‘pi bilan soniyasiga 20 metrga yetishi prognoz qilinmoqda.

Теги :
Жамият