Hamster Kombat yaratuvchilari oraliq mavsumni e’lon qildi
“Interlude” mavsumi bir necha hafta davom etib, unda o‘yin ishtirokchilari yangi qimmatbaho aktivlar — kristallarni yig‘ishlari mumkin.
2 daqiqa o‘qiladi

Avvalroq “Hamster Kombat” mini-ilovasi 20-sentyabr kuni yangi tangalar ishlab chiqarish to‘xtatilishini ma’lum qilgandi.
Muvaffaqiyat
Undan keyin o‘yinning “Telegram”dagi kanalida jarayon muvaffaqiyatli amalga oshirilgani haqida xabar berildi.
Foydalanuvchilar mablag‘larni yechib olish uchun biriktirilgan manzil mavjudligini tekshirishlari va uning tasdiqlanganiga ishonch hosil qilishlari kerak edi.
Oraliq mavsum - “Interlude”
Shundan so‘ng, 21-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:55da o‘yin yaratuvchilar bu bilan o‘yin tugamaganini, unda oraliq mavsum boshlanayotganini e’lon qilishdi.
“Interlude” mavsumi ikkinchi mavsum oldidan “qizib olish” uchun chiqarilgan bo‘lib, u bir necha hafta davom etadi.
“Interlude”da ishtirok etish va olmoslar jamg‘arish kelgusi mavsumda sizga qo‘l keluvchi afzalliklarni taqdim etadi. Ko‘proq olmos — ko‘proq foyda”, deyiladi xabarda.
O‘yinning yangi valyutasi
Oraliq mavsumda yangi kartalar va o‘yinlar paydo bo‘ldi hamda kristallar yangi valyutaga aylandi. Undagi barcha “skin”lar endilikda bepul.
“Skin” — bu o‘yindagi qahramon kiyimi yoki tashqi ko‘rinishining, shuningdek, ayrim o‘yin qurollarining nomi.
“HMSTR” tokenlari
Avgust oyi oxirida “Hamster Kombat” jamoasi 26-sentabr kuni “HMSTR” tokenining ro‘yxatga olinishini e’lon qilgandi.
“OKX” kripto-birjasi birinchi bo‘lib yangi aktiv bilan savdoni boshlash rejalarini e’lon qildi, keyin “Bybit”, “Bitget”, “Bitfinex” va “Binance” qo‘shildi. Ikkinchisi 19-sentabrdan boshlab “Launchpool” oldindan kirish token platformasida “HMSTR” farmingni ishga tushirishga va’da berdi.
Shuningdek, o‘yin aktivini qo‘llab-quvvatlash “Telegram Wallet” xizmatida paydo bo‘ladi. Uni p2p bozorida sotish va boshqa kriptovalyutalarga almashtirish mumkin.



