Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +10° kechasi +9°

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov dunyo hamjamiyatini hamkorlik qilishga chorladi

Vazir Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida umumiy muhokama chog‘ida ushbu fikrlarni oldinga surgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov dunyo hamjamiyatini hamkorlik qilishga chorladi

Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida dunyo hamjamiyatini ayrim masalalarda global hamkorlikka chaqirdi. Vazir Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida umumiy muhokama chog‘ida ushbu fikrlarni oldinga surgan.

Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida umumiy muhokama chog‘ida ushbu fikrlarni oldinga surgan.

“Biz dunyoning ko‘p nuqtalarida notinchliklar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqiramiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi”, – deydi Saidov.

Dolzarb takliflar

U, shuningdek, yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston taklif qilayotgan ayrim takliflar haqida to‘xtaldi.

Jumladan:

Rivojlanayotgan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tizimini isloh qilish;

Barcha uchun xavfsiz, foydalanish mumkin bo‘lgan raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash;

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni, ayniqsa Markaziy Osiyoning zaif mintaqalarida kuchaytirish;

Ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;

Terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashishda harakatlarimizni birlashtirish;

Markaziy Osiyo va undan tashqarida transport koridorlari va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;

Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolari uchun o‘quv markazini Global o‘quv markaziga aylantirish.