$
 12610.04
8.96
 13720.98
-53.26
 143.28
-0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir yilda quyosh panellari orqali qancha “yashil energiya” ishlab chiqarildi?

quyosh elektr stantsiyasi

2023-yil 16-fevralda “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan. Unga asosan ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish ko‘zda tutilgan. (https://uza.uz/uz/posts/bir-yilda-quyosh-panellari-orqali-7281-ming-kvtosoat-yashil-energiya-ishlab-chiqarilgan_608554)

21 ta obyekt

Ayni shu talablar asosida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha maʼmuriy bino va inshootlarga umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan 21 ta obyektda quyosh panellari o‘rnatildi. 

Bu ishlar natijasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalari bilan shartnomalar tuzilib, ortiqcha elektr energiya tuman, shahar elektr tarmoqlariga uzatilmoqda.

129,3 ming kVt•soat

2023-yil yakuniga ko‘ra, quyosh panellari orqali yil davomida 728,1 ming kVt•soat “yashil energiya” ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 129,3 ming kVt•soati tuman, shahar elektr tarmoqlariga sotilgan. Bu jarayon 2024-yilda ham yuqori ko‘rsatkichlarda davom etmoqda.

28,8 foiz

Misol uchun, 202- yilda quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan “yashil energiya” tashkilot tizimida isteʼmol qilingan energiyaning 28,8 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 37,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Ahamiyatlisi, o‘tgan yil davomida quyosh panellari orqali hosil qilingan “yashil energiya” (728,1 ming kVt•soat) ulushiga mos ravishda 327,6 tonna to‘yinmagan uglerod gazlari (ekologiyaga zararli gazlarni) tabiatga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Tabiiyki, joriy yilda yanada ko‘proq to‘yinmagan uglerod gazlarini atmosfera qatlamiga chiqarishning oldi olinadi.

Shuningdek, magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotish ulushini kamaytirish, energiya samaradorlikni oshirish hamda xarajatlarni qisqartirish borasida tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilib borilmoqda. Bu ishlarning samarasi o‘laroq, 2021–2023 yillarda texnologik yo‘qotishlarning ulushi kamayishiga erishilgan.