Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

“Kontrakt” asosida o‘qishga kirgan ayollar 200 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha grant olishi mumkin

Kollej va texnikumlarning ayrim mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

“Kontrakt” asosida o‘qishga kirgan ayollar 200 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha grant olishi mumkin

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaror bilan tasdiqlangan

Ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha nizom Vazirlar Mahkamasining 516-son qarori bilan tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:

kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

hududiy bo‘linmalar umumlashtirilgan ma’lumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.