$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda elektron hukumat rivojlanishi kelasi yil uchun rejadan ham yuqorilab ketdi

elektromobil

Kecha, 17-sentyabr kuni BMTga a‘zo 193 davlat orasida elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi reyting e‘lon qilindi.

Xalqaro reytengda 63-o‘rin

Kecha, 17-sentyabr kuni BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga a’zo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi “UN E-Government Survey”ning 2024-yilgi natijalari “Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e’lon qilindi.

Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi.

Juda baland rivojlanish darajasi

O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

Ushbu natija, hattoki, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi.

Теги :
Жамият