$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

15 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan har 17 kishidan biri giyohvand

Giyohvand

Hisobotga ko'ra, oxirgi 12 oy ichida dunyodagi 15 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan har 17 kishidan biri giyohvand moddalarni iste'mol qilgan. Giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar soni 2011-yildagi 240 milliondan 2021-yilda 296 millionga yetdi ( 15-64 yoshdagi dunyo aholisining 5,8 foizi). Giyohvand moddalarni ineksiya qiluvchilar soni 13,2 mlnga ortgan.

Nasha eng ko'p qo'llaniladigan giyohvand modda

Hisobot mualliflarning ta'kidlashicha, nasha eng ko'p qo'llaniladigan giyohvand modda bo'lib qolmoqda: 2021-yilda 219 mln shaxs ( dunyoning voyaga yetgan aholisining 4,3 foizi) nasha, 36 mln kishi amfetamin, 22 mln kishi kokain va 20 mln kishi ekstazi tipidagi moddalarni iste'mol qilishgan.

Shuningdek, giyohvand moddalar bilan bog'liq o'limlarning asosiy sababi gepatit C orqali yuzaga keluvchi jigar xastaligi ortidan ro'y beradi, dozani oshirib yuborish tufayli o'limlarning aksariyati opioidlar bilan bog'liq.

2019-yilga kelib giyohvand moddalarni iste'mol qilish oqibatida ko'z yumganlar soni 500 mingga yaqin, bu ko'rsatkich esa 2009-yilga nisbatan 17,5 foiz ko'p hisoblanadi.

Giyohvand kishi sog'lom odamlarni ham giyohvandlikka chorlaydi

Soha mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, har bir giyohvand o'z hayoti mobaynida 5 nafardan 17 nafargacha insonni giyohvandlik girdobiga tortadi.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hisobotiga ko'ra, 2020-2021-yillarda global kokain ishlab chiqarish 35 foizga o'sib, rekord darajaga yetdi. Dunyo bo'ylab kokain musodarasi ham keskin oshdi. 2021-yilga kelib giyohvand moddalarning ushlab qolinishi hajmi maksimal darajaga yetdi va taxminan ikki ming tonnani tashkil etdi.

Yevropa janubi va Afrika markazi asosiy tranzit nuqta

Qayd etilishicha, Janubi-Sharqiy Yevropa va G'arbiy va Markaziy Afrika mamlakatlari kokain uchun asosiy tranzit nuqta sifatida tobora ko'proq foydalanilmoqda. Antverpen, Rotterdam va Gamburgning Shimoliy dengizdagi yirik portlari kokainning G'arbiy Yevropaga kirib borishi uchun asosiy kirish nuqtalari bo'lib qolmoqda. Giyohvand moddalar savdogarlari Shimoliy Amerikani chetlab o'tib, Yevropa mamlakatlariga ko'proq kokain yuborishmoqda.