Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +9°

Surxondaryoda qiymati $3 mln.dan ortiq kichik GES ishga tushirildi

Qayd etilishicha, yangi GES quvvati 3 MVtga teng bo‘lib, yiliga o‘rtacha 13,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qiymati $3 mln.dan ortiq kichik GES ishga tushirildi

Surxondaryo viloyatida Sariosiyo tumanidagi To‘polang daryosida qurilgan $3,3 mln.lik yangi “Zarchob-1A” kichik GESi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi GES

Qayd etilishicha, yangi GES quvvati 3 MVtga teng bo‘lib, yiliga o‘rtacha 13,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ushbu kichik GESni ishga tushirish orqali To‘polang daryosi suvdan samarali va oqilona foydalangan holda, to‘rtinchi marotaba daryo suvi gidroagregatlar orqali o‘tkazilib, elektr energiya ishlab chiqariladi.

Foydalanishga topshirildi

Yangi GES prezidentning 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika kompleksini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq foydalanishga topshirildi.

GESni qurilish ishlari “Gidro Texnik” tomonidan bajarilib, unda Frensis turidagi vertikal 1ta gidroagregat o‘rnatilgan.

Ta’minlash quvvati

Hisob-kitoblarga ko‘ra, “Zarchob-1A” kichik GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya 4750ta xonadonni taʼminlaydi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston loyihada suv-energetika resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini ishlab chiqadi.