Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

G‘azoni tiklashga qancha pul ketadi?

BMT hisob-hitoblariga ko‘ra, bu yerdagi infratuzilmani tiklashga 7-8 yil sarflanishi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

G‘azoni tiklashga qancha pul ketadi?

Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdulhafiz Novfal “Izvestiya” bilan suhbatda G‘azo hamda uning infratuzilmasini tiklash haqida gapirdi.

80–90 milliard dollar

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorini tiklash uchun 80–90 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi. BMT hisob-hitoblariga ko‘ra, bu yerdagi infratuzilmani tiklashga 7-8 yil sarflanishi mumkin.

Elchining aytishicha, Falastin ma’muriyati G‘azoga xalqning yagona qonuniy vakili sifatida qaytishi shart, chunki tiklash ishlarini boshqarishga ugina qodir. Qolaversa, donorlar xalqaro anjumanini o‘tkazish lozim, bu ham Falastin ma’muriyati ishtirokisiz bo‘lmaydi.

“Bir yillik yubiley”

Bugun, 7-oktyabr kuni G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar boshlanganiga bir yil bo‘ldi.

365 kundan buyon davom etayotgan muttasil bombardimonlar, quruqlik va dengiz orqali hujumlar oqibatida 41870 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 97 mingdan ziyodi yaralandi. Halok bo‘lganlarning 11378 nafari ayollar va 17 ming nafari bolalardir. Yana 10 mingga yaqin falastinlik vayron bo‘lgan binolar ostida qolib ketgan.

Bir yillik beayov hujum oqibatida G‘azo sektoridagi 902 ta oilaning barcha a’zolari qirilib ketdi, 1364 ta oiladan birgina vakil omon qoldi.