Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan gaz importini 6 barobarga oshirdi

Xitoyga yoqilg‘i eksporti yillik hisobda 7,1%ga o‘sib, $404 mln.dan oshdi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan gaz importini 6 barobarga oshirdi

Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston gaz importini bir necha barobar oshirdi.

Salkam 6 barobarga o‘sgan import

Yanvar-avgust oylarida Turkmaniston va Rossiyadan ko‘k yoqilg‘i importi 5,7 baravarga o‘sib, $1,15 mlrd.ga yetdi. Oylik tabiiy gaz yetkazib berish hajmi $168,3 mln.ni tashkil etdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan gaz importchisiga aylandi.

O‘tgan oyda Xitoyga tabiiy gaz eksporti iyul oyi darajasida qoldi — taxminan $81,7 mln. Yil boshidan beri mamlakatga ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish hajmi $404,8 mln.ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1%ga ko‘pdir.

Farq

Biroq Statistika agentligi ma’lumotlari Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yil boshidan buyon $401,5 mln.lik gaz eksport qilgan, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan deyarli 5%ga ko‘pdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi avgust oyida O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berish sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi — iyul oyidagi $69,1dan $97,3 mln.gacha.

Gaz eksporti bo‘yicha yetakchilik

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni yil boshidan buyon $6,55 mlrd.lik gaz yetkazib berish bilan Turkmaniston egallamoqda. Ikkinchi o‘rinda Rossiya turibdi, mamlakat gaz eksportini sezilarli darajada — $5,4 mlrd.gacha oshirdi. Keyingi o‘rinlarni Myanma ($913,3 mln.) va Qozog‘iston ($897,2 mln.) egalladi.