$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2025-yilning dastlabki 7 kunida aholiga 733 million 159 ming metr kub tabiiy gaz yetkazib berilgan

gaz

2025-yilning dastlabki 7 kunida aholiga 733 million 159 ming metr kub tabiiy gaz yetkazib berilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Hududgazta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Dilorom Jumaniyozova ma’lum qildi.

Mavsum uchun 24 ming dona maishiy gaz ballonlari zaxirasi mavjud

Ma’lum qilinishicha, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilning dastlabki 7 kunida aholi va ulgurji iste’molchilarga 733 million 159 ming metr kub tabiiy gaz yetkazib berildi. Jumladan, aholiga 514 mln. 391 ming metr kub, ulgurji iste’molchilarga 218 mln. 768 ming metr kub, xususan, issiqlik ta’minoti korxonalariga 42 mln. 540 ming metr kub, ijtimoiy soha obyektlariga 8 mln. 217 ming metr kub, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 82 mln. 855 ming metr kub “zangori yoqilg‘i” yetkazilgan.

Suyultirilgan gaz iste’molchilariga 7-yanvarga qadar 565 mingta xonadonga maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Shuningdek, olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi iste’molchilar ham o‘z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanmoqda. Qish mavsumida iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyoji oshishidan kelib chiqib, joylarda 24 ming dona maishiy gaz ballonlari va 4,9 ming tonna suyultirilgan gaz hajmlari zaxirasi yaratilgan.

Shuningdek, isitish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida 212 ta maxsus texnika, 223 ta avtotransport vositalari, 596 ta gaz va elektr payvandlash uskunalari, 29 km turli diametrli gaz quvurlari, 3 500 dona butlovchi qismlar va boshqa zaruriy materiallar zaxirasi yaratilgan.

Tarmoqlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni kechiktirmasdan ta’mirlash maqsadida 848 nafar mutaxassislardan iborat 271 ta avariya brigadalari tun-u kun ishlab, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etmoqdalar.

Gaz ballonlarni noqoqnuniy saqlayotgan “bunker”larga chora ko‘rilgan

Yanvar oyining dastlabki 7 kunligida Jamiyatning mas’ul xodimlari tomonidan 84 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha jami 16 milliard 300 million so‘mlik 6,8 million metr kub tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Shu bilan birga mazkur davr oralig‘ida suyultirilgan gaz ta’minotida 100 dona maishiy gaz ballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 2 ta “bunker” faoliyatiga chek qo‘yildi. Huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rildi.