$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Haydovchilarga qaysi “zapravka” ishlab turganini ko‘rsatuvchi ilova qachon ishga tushishi ma‘lum qilindi

positive

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining qaysi biri ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘lishini ma‘lum qildi. Bu haqda u “Lolazor” (https://youtu.be/gaof8I6P454?t=700) podkastida gapirdi.

Ilova tavsiyaviy shaklda taqdim etiladi

“Ishga tushadi. Sababi, men o‘tgan hafta davomida o‘zimizning mahalliy yoshlar bilan, IT kompaniyalar bilan ko‘rishib, shu tizimlarning barchasi haqida gaplashdik. Faqat bir narsa bor — barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari xususiy. Biz hozir dastur ustida ishlayapmiz. Barchaga tavsiyaviy shaklda beramiz”, — dedi vazir.

Foydalanish asosan bepul

Uning ta’kidlashicha, ilovadan foydalanish bepul bo‘ladi. Faqat AGTKSHlar o‘zlarining qo‘shimcha xizmatlarini ko‘rsatish va reklama maqsadida ilovadan foydalanmoqchi bo‘lsa, buning uchun haq to‘lanadi

“Bu bepul bo‘ladi. Biz ular bilan Energetika vazirligi orqali shartnoma qilib, tizimni va ilovani yaratib berish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Faqat o‘sha yoqilg‘i quyish shoxobchalari qo‘shimcha xizmati uchun yoki reklama uchun mobil ilovani ishlatsa qandaydir to‘lov mavjud bo‘ladi. Lekin yoqilg‘i quyish shoxobchalari bu ilovani ishlatish yoki ishlatmasligi o‘zining ihtiyorida bo‘ladi”, — degan u.

Real vaqt ma‘lumotlari

Jo‘rabek Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, vazirlik bu ilova orqali qaysi AGTKSHga gaz uzatilayotgani haqidagi real vaqt ma’lumotlarini aks ettiradi.

“Ayrim “zapravka”lar o‘zining texnik sabablariga ko‘ra yopilgan bo‘lishi mumkin. Ular ilova orqali ma’lumotlarni yangilamasa, men ularni bunga majburlay olmayman-ku? Biz gaz qaysi “zapravkalarga” berilganini chiqaramiz. Undan muammo yo‘q. Bizda real rejimda qaysi “zapravka” gaz quyayotgani bo‘yicha ma’lumot jamlanadi. Ishladi-ishlamadi, deb bera olamiz, lekin kim qancha gaz quygani haqida ma’lumot berolmaymiz. Men bir oy ichida sizlarga mobil ilovaning dastlabki versiyasini ko‘rsataman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Vazirga ko‘ra, bu ilova 1-dekabrgach qadar ishlash uchun tayyor bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat