So‘nggi umid: O‘zbekiston hal qiluvchi bahsda Kosta-Rikaga qarshi parketga tushadi
Bugun Jahon chempionatining so‘nggi tur o‘yinlari start oladi. Ikki turdan so‘ng 1 ochko jamg‘argan terma jamoamizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari qanday?
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Jahon chempionatining so‘nggi tur o‘yinlari start oladi. Ikki turdan so‘ng 1 ochko jamg‘argan terma jamoamizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari qanday?
O‘yin kuni
Bugun yurtimizda davom etayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi tur bahslariga start beriladi. Hamyurtlarimiz 1/8 yo‘llanmasi uchun kechadigan bellashuvda Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20:00 da "Humo arena"da bo‘lib o‘tadi. Keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bugun terma jamoamiz g‘alaba qozonishi shart bo‘ladi.
Guruhdagi vaziyat
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi 2-turdan keyin bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etib, 2 turdan so‘ng ham guruhdan chiqish masalasini hal qilmadi. Ayni dam guruhdagi holat quyidagicha:
Keyingi bosqich masalasi
O‘zbekiston bugun g‘alaba qozonsa, nimchorak finalga chiqadi. Qaysi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishimiz Paragvay-Niderlandiya o‘yinida qayd etiladigan natijaga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘yinda Niderlandiya yutqazsa yoki durang o‘ynasa, biz 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqamiz. Bunday holatda nimchorak final bosqichida nisbatan kuchsizroq raqibga duch kelamiz. Shuningdek, O‘zbekiston Kosta-Rika bilan o‘yinda durang qayd etsa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Bunday holatda ham guruhda 2 yoki 3-o‘rinni egallashimiz mumkin. Qolgan holatlarda vaziyat juda murakkab tus oladi.
Keyingi bosqich raqiblari
O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa, C guruhida ikkinchi o‘rinni olishi mumkin bo‘lgan Afg‘oniston yoki Ukraina bilan o‘ynaydi. Uchinchi o‘rinni olsa, B guruhida yetakchisi Braziliya va Tailand jamoalaridan biri yoki C guruhida ko‘p ehtimol bilan birinchi bo‘ladigan Argentina bilan nimchorakda to‘qnash keladi. Shunday qilib, bugungi mag‘lubiyat yoki durrang jamoaning imkoniyatlarini keskin tushirib yuboradi.



