$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati: O‘zbekiston hal qiluvchi bahsda parketga chiqadi

Futsal-9-17

Bugun futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 2-tur bahslariga start beriladi. O‘zbekiston o‘z guruhining markaziy o‘yinida Paragvay sinovidan o‘tadi.

Markaziy o‘yin

Ilk turda Niderlandiya vakillari bilan durang natija (3:3) qayd etgan futzalchilarimiz, bugun musobaqaning 2-turi doirasida o‘z guruhining markaziy o‘yinida Paragvay terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Raqib jamoa ilk turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida mag‘lub qilgan va ular ushbu o‘yinga nisbatan bosimsiz tashrif buyurmoqda. O‘zbekistonning vaziyati esa bugungi o‘yindan so‘ng keskin yo salbiy, yoki ijobiy tomonga o‘zgaradi.

Guruhdagi vaziyat qanday?

1-tur o‘yinlari yakunlangach, O‘zbekiston o‘rin olgan "A" guruhidagi vaziyat quyidagi rasmda tasvirlangan. Ko‘rinib turibdiki, ushbu tur vakillarimiz uchun ko‘p ehtimol bilan keyingi bosqich, yana ham aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak bosimisiz keyingi bosqich masalasini hal qiladi. 

Paragvay juda kuchli jamoa

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lyukuiks Jahon chempionati startidan avval bergan intervyularidan birida Paragvay terma jamoasi haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tgandi:

Paragvay bilan bir qit’ada o‘ynaymiz va ushbu terma jamoaga juda kuchli ekanligini ayta olaman. O‘zbekiston - Paragvay bahsida kichik detallar o‘yin natijasiga ta’sir qilishiga ishonchim komil. O‘zbekistondagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ham o‘z so‘zini aytmay qolmaydi. Ikki mamlakat o‘rtasida ancha qiziq uchrashuv bo‘lishini taxmin qilishim mumkin.
Теги :
Jamiyat