$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Xatolar evaziga yo‘qotilgan 2 ochko: O‘zbekistonga “lolalar yurti” vakillarini taslim qilish uchun nima yetishmadi?

Futsal-9-15

Futzal bo‘yicha jahon chempionati ochilish o‘yinida O‘zbekiston milliy jamoasi “Humo arena”da Niderlandiya vakillariga qarshi durrang natija qayd etdi. 

Ilk o‘yinda Xose Venansio Lopes shogirdlari so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Elbek To‘lqinov, Ixtiyor Ropiyev va Husniddin Nishonovning gollari O‘zbekistonga Niderlandiyaga qarshi bahsda jangovar durang natijasini olib keldi – 3:3. O‘yin davomida vakillarimiz raqibdan farqli, barcha gollarini kombinatsion harakat va vaziyatlar evaziga kiritishdi. Biroq o‘z xatoliklarimiz evaziga darvozamiz daxlsizligini saqlay olmadik.

Markaziy o‘yin

Guruhdagi birinchi o‘yinda Paragvay Kosta Rikani 5:2 hisobida mag‘lub etib, ayni dam guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Ushbu jamoa keyingi turda O‘zbekistonga qarshi parketga tushadi. Ko‘p ehtimol ushbu o‘yin guruhning markaziy o‘yini maqomini olishi mumkin. Ushbu jamoa haqida Argentina jamoasi murabbiyi quyidagicha fikr bildirdi:

Paragvay bilan bir qit’ada o‘ynaymiz va ushbu terma jamoaga juda kuchli ekanligini ayta olaman. O‘zbekiston - Paragvay bahsida kichik detallar o‘yin natijasiga ta’sir qilishiga ishonchim komil. O‘zbekistondagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ham o‘z so‘zini aytmay qolmaydi. Ikki mamlakat o‘rtasida ancha qiziq uchrashuv bo‘lishini taxmin qilishim mumkin.

Sal tajriba yetishmadi

Lolalar yurti vakillariga qarshi o‘yindan so‘ng terma jamoamiz futzalchilari o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Uchrashuvdagi vakillarimizning ikkinchi goli muallifi Ixtiyor Ropiyev o‘yinni quyidagicha ta’rifladi:

O‘yin yaxshi bo‘ldi, faqat ozgina omad kelmadi. O‘z xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Hechqisi yo‘q, durang ham kerakli natija. Sal tajriba yetishmadi deb o‘ylayman. Keyingi uchrashuvlarda buni to‘g‘rilashga urinamiz. To‘g‘ri, Paragvay stabil va kuchli jamoa, lekin guruhimizdagi hamma jamoa bir xil darajada deb bilaman. Oldimizda bizda tayyorgarlik uchun 2 kun vaqt bor. Nasib qilsa, Paragvayni yengamiz.

Ma’lumot uchun, 2-tur doirasidagi O‘zbekiston – Paragvay bahsi 17-sentyabr kuni 20:00 da start oladi.

Теги :
Jamiyat