$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyalik sharhlovchi Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalarining o‘yinini solishtirdi

Uz-kz

“Setanta Sports” telekanalining rossiyalik sport sharhlovchisi Dmitriy Bajanov Qozog‘iston va O‘zbekiston futbol bo‘yicha terma jamoalarining bugungi holati haqida o‘z professional fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Darvozasi daxlsizligini saqlab qolish borasida Qozog‘iston oldinda

Mutaxassisning fikricha, har ikki jamoaning o‘yin uslubini belgilab beruvchi o‘ziga xos ustunliklari bor.

“Har bir jamoaning kuchli tomonlari haqida gapirganda, ular bir-biridan farq qilishini ta’kidlash kerak. O‘yinni tashkil etish, himoyaning ishonchliligi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish borasida Qozog‘iston oldinda. Qozog‘iston terma jamoasi chinakam jangchilardan iborat - jismonan kuchli futbolchilar, ayniqsa, himoya chizig‘ida”, – deydi Bajanov.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston jamoasining o‘z imkoniyatini sabr bilan kutish qobiliyati, masalan, Yevropa chempionati saralash o‘yinlari va Millatlar Ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda bo‘lganidek birnecha bor foyda bergan. Bu jihatlar bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi o‘zbekistonlik tengdoshlaridan ustundir.

Xavfli daqiqalar yaratish qobiliyati O‘zbekistonda yuqori

— Ammo, agar hujum chizig‘iga, raqib darvozasi oldida xavfli daqiqalar yaratish qobiliyatiga kelsak, bu yerda O‘zbekiston terma jamoasi afzalroq ko‘rinadi, – deya xulosa qiladi Bajanov. — Uning tarkibida tajribali Eldor Shomurodov, umidli Abbosbek Fayzullayev, shuningdek, ayni paytda Eron chempionatida yuqori saviyali futbol namoyish etib, terma jamoasiga sezilarli foyda keltirayotgan Oston O‘runovlar bor. Albatta, O‘zbekiston terma jamoasining hujum chizig‘I kuchliroq ko‘rinadi.

Uning fikricha, O‘zbekiston termasining hujumkor kuchi bilan Qozog‘istonning mudofaa istehkomi o‘rtasidagi qarama-qarshilik qiziqarli tomosha bo‘lar va intriga yakuniy hushtakgacha saqlanib qolar edi.

So‘ngi natijalar

O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Qozog‘iston terma jamoasi Avstriyaga yirik 4:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichida 18 ta terma jamoa oltitadan uchta guruhga bo‘lingan. Guruhning eng yaxshi ikki jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2026 final bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘rtinchi bosqichda o‘ynaydi, ular yana ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma, shuningdek, qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Теги :
Jamiyat