Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +9°

Markaziy osiyoliklarga vaqtinchalik Rossiya fuqaroligini bermaslik taklif qilindi

Ta’kidlanishicha, muhojirlarni qonuniylashtirish amaliyoti Rossiyaga foyda keltirmaydi va korrupsiyaning kuchayishiga xizmat qilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy osiyoliklarga vaqtinchalik Rossiya fuqaroligini bermaslik taklif qilindi

“Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolariga Rossiya pasportlarining ommaviy ravishda berilishi muammosiga yana bir bor murojaat qildi. O‘z bayonotida deputat mintaqa aholisiga kamida 2026-yilgacha Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini berishga moratoriy kiritishni taklif qildi.

Bu korrupsiyaning rivojlanishiga xizmat qilmoqda

Mironovning fikricha, muhojirlarni qonuniylashtirish amaliyoti Rossiyaga foyda keltirmaydi va korrupsiyaning kuchayishiga xizmat qilmoqda.

“Nega janubdan kelgan mehmonlarga yuz minglab pasport tarqatish kerak? Nima uchun etnik anklavlarni yaratish kerak? Nima uchun bu yangi fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti uchun budjet milliardlarini sarflash kerak? Buning Rossiyaga qanday foydasi bor?”, — deb yozg‘irdi millatchi deputat.

Davlat bu mafiyaga qarshi turishi kerak

Shunday qilib, deputat ta’kidlashicha, bunday siyosat faqat poraxo‘r amaldorlar va firibgarlarning tor doirasiga foydali. Uning fikricha, davlat bu mafiyaga qarshi turishi va milliy xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bunga boshlang‘ich qadamni Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisiga Rossiya fuqaroligini berishga moratoriy e’lon qilish orqali amalga oshirish mumkin.

“Davlat bu mafiyaga qarshi turishi va milliy xavfsizlik sohasida o‘z manfaatlarini himoya qilishi kerak. Jumladan, o‘rta osiyoliklarga (rus shovinistlari lug‘atida Markaziy Osiyo atamasi yo‘q) Rossiya fuqaroligini berishga moratoriy qo‘llash orqali. Kamida 2026-yilgacha”, — dedi deputat.

O‘tgan yillardagi Rossiya pasportlarining haqiqiyligini tekshirish kerak

Shuningdek, u 2026-yilgacha bo‘lgan muddat migratsiya qonunchiligini takomillashtirish, korruptsiyaga barham berish maqsadida migratsiya xizmatida kadrlar tozalash ishlarini o‘tkazish, shuningdek, o‘tgan yillardagi Rossiya pasportlarining haqiqiyligini tekshirish kerakligini ta’kidlamoqda.

Sergey Mironovning taklifi migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan boshqa tashabbuslar fonida paydo bo‘ldi. Bundan oldin, yaqinda Rossiya chegarasini kesib o‘tishda chet el fuqarolari tomonidan biometrik ma’lumotlarni majburiy taqdim etish g‘oyasi yangragan edi. Bu mualliflarning fikriga ko‘ra, muhojirlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirishga yordam berishi kerak.