$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo mamlakatlarida avtoritarizm rejimi mustahkamlanmoqda — Freedom House

diktatura avtoritar rejim

Markaziy Osiyoda demokratik ko‘rsatkichlar 20-yildan beri faqatgina yomonlashmoqda. Bu haqda Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkilotining mintaqadagi 29 davlatni qamrab olgan “O‘tish davri mamlakatlari – 2024” hisobotida ma’lum qilingan.

Siyosiy rejim va avtoritarizm 

Dunyodagi barcha davlatlar turlicha siyosiy rejim, ya’ni boshqaruvga ega. Siyosiy rejim vikipediya ma’lumotlarida quyidagicha ta’riflangan — "davlatda siyosiy hokimiyat amalga oshiriladigan vositalar va usullar to‘plami". Siyosiy rejimlarning 4 ta ajralib turuvchi turlari mavjud — demokratiya, avtokratiya, avtoritarizm va totalitarizm. Avtoritarizm so‘zining ma’nosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu atama davlatni idora qilishning bir usulini ifodalab, Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Avtoritar davlatda g‘ayridemokratik, avtoritar rejim hukmronlik qiladi. Avtoritar rejimdagi davlatlar uchun fuqarolarning huquq va erkinliklari cheklangan yoki butunlay tugatilganligi, muxolifatdagi partiya va boshqa tashkilotlarning taqiqlanganligi, saylab qo‘yiladigan davlat organlarining roli cheklanganligi va ijro etuvchi hamda farmoyish beruvchi davlat organlarining roli kuchaytirilishi, davlat boshlig‘i va hukumatning qo‘lida hokimiyat vakolatlarining to‘planishi, parlament va boshqa davlat hokimiyat organlarining rolini yo‘qqa chiqarilganligi xosdir.

Mintaqa mamlakatlari ikkiga bo‘linadi

Unda qayd etilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bosqini, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro va so‘nggi yillardagi boshqa voqealar mintaqadagi geosiyosiy o‘zgarishlarni tezlashtirgan. "Mintaqa mamlakatlari ikkiga bo‘lindi: liberal, demokratik tuzumga ixlos qo‘yganlar va bu tuzumni qat’iy rad qilganlar", - deyiladi hisobotda. Avtoritarizmi mustahkamlashayotgan rejimlar qatoriga Ozarbayjon, Belarus, Rossiya va barcha Markaziy Osiyo mamlakatlari kiritilgan. “Tranzit yoki gibrid rejimlar” qatoriga Armaniston, Gruziya, Moldova, Vengriya, Ukraina va yana 6 davlat kiritilgan.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda vaziyat og‘irlashmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, mustahkam avtoritarizm o‘rnatilgan mamlakatlarda vaziyat tobora yomonlashmoqda. Hatto, avvallari qolganlarga nisbatan biroz erkinroq bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham “avtoritarizm kuchayib, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari yo‘lidan ketishga moyillik ortmoqda”. O‘zbekiston ehtimoliy 7 balldan 1,18 ball olgan. Bundan avvalgi hisobotda O‘zbekistondagi demokratiya darajasiga 1,21 ball berilgan. Qirg‘izistonning demokratik ko‘rsatkichi 1,64 ball (1,68), Qozog‘istonda 1,29 (1,32) punktgacha pasaygan. Tojikiston va Turkmaniston uchun ko‘rsatkichlar 1,04 va 1 ballni tashkil etgan.

Shuningdek, Belarus 1,11 ball, Rossiya va Ozarbayjon 1,07 ball to‘plagan. Post-sovet mintaqasida Estoniya eng yuqori (6) ballga ega. Undan keyin o‘rinlarda Latviya va Sloveniya kelmoqda. Ukrainadagi demokratlashish jarayonlari 3,43 ball, Armaniston – 3,07, Gruziya – 3,04 ball bilan baholangan.