O‘zbekiston futbol bo‘yicha dunyo reytingida ko‘tarildi
Navbatdagi Osiyo, Yevropa va Amerika kubogi o‘yinlari yakunlangach, FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Navbatdagi Osiyo, Yevropa va Amerika kubogi o‘yinlari yakunlangach, FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Yangilangan reyting
Endilikdagi reytingda O‘zbekiston termasi 1 pog‘ona ko‘tarilib, 61-o‘rinda qayd etildi. Mazkur reytingda yaqinda yakunlangan Yevropa chempionati va Amerika kubogi musobaqalari ta’siri ancha sezilgan. Xususan, Amerika chempioni bo‘lgan Argentina 1-o‘rinni ancha mustahkamlagan bo‘lsa, Fransiya hamon 2-o‘rinda bormoqda. Yevropa chempioni Ispaniya esa katta sakrash bilan kuchli uchlikni tugatgan. Finalchi Angliya termasi Braziliya termasidan o‘zib, 4-o‘ringa chiqib olgan. Shuningdek, Turkiya ham 16 ta o‘ringa ko‘tarilgan va 26-o‘ringa chiqqan.
Top-10
Yangilangan reytingning yuqori o‘nligi quyidagicha:
1. Argentina
2. Fransiya
3. Ispaniya
4. Angliya
5. Braziliya
6. Belgiya
7. Niderlandiya
8. Portugaliya
9. Kolumbiya
10. Italiya
Osiyo terma jamoalari
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo terma jamoalari orasida 8-o‘rinni egalladi. Umumiy reytingda esa bir pog‘ona yuqorilaydi.
18. Yaponiya
20. Eron
23. Janubiy Koreya
24. Avstraliya
34. Qatar
55. Iroq
56. Saudiya Arabistoni
61. O‘zbekiston
68. Iordaniya
69. BAA



