$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev

Bugun, 29-oktyabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan 2023-yilgi yirik musobaqalar, xususan, “Osiyo Kubogi—2023” va futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi. Ushbu tadbirning o‘zbekistonliklar uchun e’tiborga molik jihati turli yo‘nalishlardagi nomzodlar orasida O‘zbekiston MTJ a’zosi va Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” nomzodlari orasida qayd etilgandi.

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’ada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Fayzullayevdan tashqari yana ikki futbolchi yaponiyalik Gaku Navata va janubiy koreyalik Bae Jun-ho sovringa da’vogarlik qildi. 

Abbosbek Fayzullayev haqida

Abbosbek Fayzullayev 2003-yilning 3-oktyabr sanasida tug‘ilgan. Ayni paytda Abbos O‘zbekistondagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Transmarket portali unga 6 million yevro narx belgilagan. Fayzullayev yakunlanayotgan mavsum Rossiya chempionati va kubogida 13 ta o‘yin o‘tkazdi. Mazkur o‘yinlarda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Timur Kapadze jamoasining asosiy “figura”laridan biri bo‘lgan Abbosbek U23 Osiyo chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Olimpiyada o‘yinlarida terma jamoamiz bilan birga barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi shu vaqtga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Теги :
Jamiyat