$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston vakillari Osiyoning eng yaxshilari qatoridan o‘rin oldi

AFC

Osiyo futbol konfederatsiyasi bir qator nominatsiyalarda yilning eng yaxshisi bo‘lishga da’vogarlar nomini e’lon qildi. Ular orasida o‘zbekistonlik futbolchi va futzalchi ham mavjud. 

Eng yaxshilarni taqdirlash marosimi

Joriy yilning 29-oktyabr sanasida Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi. Unda o‘tgan 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo kubogi 2023 va futzal bo‘yicha Osiyo kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.

O‘zbekiston vakillari

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ushbu tadbirning o‘zbekistonliklar uchun ham e’tiborga molik jihati mavjud. Turli yo‘nalishlardagi nomzodlar orasida O‘zbekiston MTJ a’zosi va Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev (“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”) va futzal MTJ sardori Dilshod Rahmatov (“Yilning eng yaxshi futzalchisi”) ham bor. G‘oliblar nomi tantanali marosim davomida e’lon qilinadi.

Yil futbolchisi bo‘lishga nomzodlar: 

Yazan An Naymat (Al Arabi, Iordaniya) 

Seul Yung Vu (Ulsan / Janubiy Koreya) 

Akrom Afif (As Sadd / Qatar) 

Legionerlar orasida eng yaxshi futbolchi bo‘lishga nomzodlar: 

Son Hyon Min (Tottenhem/ Janubiy Koreya) 

Mahdiy Torimiy (Inter/ Eron) 

Musa At Tammari (Monpele/ Iordaniya) 

Yil futzalchisi bo‘lishga nomzodlar: 

Said Ahmad Abbosi (Eron) 

Fayzali Sardorov (Tojikiston) 

Dilshod Rahmatov (O‘zbekiston) 

Yil murabbiyi bo‘lishga nomzodlar: 

Graham Arnold (Avstraliya) 

Go Oiva (Yaponiya U-23)

Hvan Sun Hong (Janubiy Koreya U-23).

Eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘lishga nomzodlar: 

Gaku Navata (Kamimura / Yaponiya) 

Baye Jun Ho (Stok Siti/ Janubiy Koreya) 

Abbos Fayzullayev (SSKA /O‘zbekiston)