$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: 45 foiz bolalar o‘limi noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi

bolalar

Dunyoda surunkali ochlikdan aziyat chekayotgan aholi sonining ortib borishi insoniyat oldiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdek muhim vazifani qo‘ymoqda. Kambag‘allik sharoitida esa oziq-ovqat tanqisligi va hayotiy muhim bo‘lgan vitaminlar hamda minerallar yetishmasligi xavfi ortadi, bu esa aholi salomatligining yomonlashishiga olib keladi. 

Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

2022-yilgi Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 57,5 ball to‘plab, 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. 

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlar natijalari, ijtimoiy yordam olish aholi orasida jon boshiga qabul qilingan kunlik kaloriya miqdorini 81 kkalga oshirishini ko'rsatdi. O'zbekistonda bunday nafaqa oluvchi oilalar soni bugungi kunda 1 milliondan oshmoqda. 

Oziq-ovqat tanqisligi zararlari

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga koʻra, oziq-ovqat tanqisligi o‘lim darajasining oshishi, salomatlikning yomonlashishi, jismoniy va aqliy rivojlanishning sustlashishi, shuningdek, mehnat bozorida ayollar sonining qisqarishiga olib kelishi ma’lum boʻldi. Ozuqa tanqisligi tufayli oʻlim sonining ortishi insonlarda ko‘payishga bo‘lgan ishtiyoqning oshishiga sabab bo‘ladi. Natijada iqtisodiy faol onalarning homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqish holatlari ham keskin koʻpayadi. Bu esa mehnat bozorida inson kapitali yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.

Ayollarga taʼsiri

Tadqiqotlarga koʻra 45 foiz bolalar o‘limi noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi, bu esa ayollarning bolalar parvarishiga ko‘proq vaqt ajratishlariga sabab boʻladi. Umuman aytganda, oziq-ovqat tanqisligi ayollarning iqtisodiy samaradorligini pasaytirib, ularning mehnat bozoridagi ulushini kamaytiradi. 

Mutaxassislar mazkur muammolarni hal etish uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish zarur, degan xulosaga kelishdi.

Теги :
Jamiyat