$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Saudiya Arabistoniga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlar ogohlantirildi

Saudiaada suv toshqini

Saudiya Arabistoni Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Talafotli sel

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Saudiya Arabistoni ayrim hududlarida, jumladan, Makka va Madina kabi ikki shaharda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatilgan. 28-29-avgust kunlari Madina shahrida kuchli shamol esib, shiddatli yomg‘ir yoqqani sabab suv toshqinlari kuzatilgan. Shahardagi bir qator yirik ko‘cha va yo‘llar, avtomobillar jiddiy zarar yetgan. Ayrim turar joy binolari suv ostida qolgan.

Qizil rangli ogohlantirish darajasi

Ayni paytda Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi va fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi Madina shahri va uning atrofidagi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik tufayli ogohlantirish darajasi qizil ranggacha ko‘tarilganini e’lon qildi. Bunday ob-havo sentyabr oyining birinchi o‘n kunligiga qadar davom etishi mumkinligi ma’lum qilingan. Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Dovul tufayli Madina munitsipaliteti podshohlikdagi maktab, kollej va universitetlarda darslarni onlayn tarzda o‘tkazishga qaror qildi.

Meteorologik sharh

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Saudiyadagi vaziyatga meteorologik sharh berdi.

“Saudiya Arabistonining Makka va Jidda shaharlarida kecha juda kuchli chaqmoq — momaqaldiroq ansambli yuz berdi. Yevropa sharqi, rus tekisliklaridagi keng masshtabdagi antisiklonal jarayonlar Yevrosiyoning subtropik, tropik mintaqalarida kuchli po‘rtanalarni keltirib chiqarmoqda. Janubiy mintaqalar va arab diyorlarida bir nechta siklonik jarayonlar haddan tashqari katta energiyaga erishmoqda. Yuqoridagi rasmlardan ham buni ko‘rish mumkin. Bu kabi konvektiv bulutlar hududlarga haddan tashqari ko‘p yog‘in va talafotli sel - suv toshqini ulashmoqda” - deydi u.
Теги :
Jamiyat