$
 12149.55
8.64
 14087.40
34.3
 150.44
1.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolalarda yassi oyoqlikning rivojlanishi nima uchun xavfli?

flat feet

Bugungi kunda yassi oyoqlik o‘smirlarda ko‘p uchrayotgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Yassi oyoqlik oqibatida umurtqa pog’onasining qiyshayishi sodir bo‘ladi.

Yassi oyoqlik o‘zi nima?

Yassi oyoqlik — oyoq panjasi shaklining o‘zgarishi bo‘lib, uning bo‘ylama va ko‘ndalang yoyining pasayishi bilan ifodalanadi. Ko‘ndalang va bo‘ylama yassi oyoqlik ajratiladi, bu ikkala shaklning birgalikda kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Oyoq panjasining boshqa deformatsiyalari bilan birgalikda ko‘ndalang yassi oyoqlik 55,23%, bo‘ylama yassi oyoqlik — 29,3% hollarni tashkil etadi.

Uning alomatlari quyidagicha:

Oyoq, tizza, son va beldagi og’riq;

Notabiiy yurish va qomat;

Cho‘kkalab o‘tirishdan ko‘ra egilish osonroq, o‘tirgan holatda muvozanatni saqlash qiyinligi.

“Og’ir” yurish.

Oyoq panjalarining deformatsiyalanishi (yassi oyoq, oyoq barmoqlarining nomutanosib uzunligi, qiyshiqligi, bosh barmoqdagi “suyak” yoki podagra (hallux valgus), oyoq panjasining o‘ta kengligi), tizza bo‘g’imlarining deformatsiyasi, oyoq mushaklarining nomutanosib rivojlanishi.

Yassi oyoqlik tirnoqlarning ichkariga o‘sishiga olib keladi.

 Yassi oyoqlikning turlari

Kelib chiqishi bo‘yicha yassi oyoqlik tug’matravmatikparalitik va statik turlarga bo‘linadi.

Tug’ma yassi oyoqlik tashxisini 5-6 yoshdan oldin qo‘yish qiyin, chunki ushbu yoshgacha bo‘lgan bolalarda yassi oyoqlikning barcha elementlari aniqlanadi. Ammo, barcha holatlarning taxminan 3 foizida, yassi oyoqlik tug’ma bo‘ladi.

Travmatik yassi oyoqlik — to‘piq, tovon, kaftoldi suyaklari sinishining natijasida rivojlanadi. Paralitik yassi oyoqlik — oyoq panjasi mushaklari va oyoqning pastki qismi mushaklari falajlanishi natijasidir (poliomielit oqibatida).

Raxitik yassi oyoqlik raxit natijasida oyoqning zaiflashgan suyaklarida tananing yuki tushishi oqibatida rivojlanadi.

Statik yassi oyoqlik (eng ko‘p uchraydigan shakli, 82,1%) oyoq mushaklari, boylam apparati va suyaklarning zaifligi bilan bog’liq.

Kasallik keltirib chiqaradigan oqibatlar

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, “yassi oyoq” tashxisi faqat 15-17 yoshdan keyin qo‘yilishi mumkin. Kasallik aniqlangandan so‘ng, oyoq va umurtqa pog‘onasidagi og‘irlikni kamaytiradigan ortopedik tagliklardan foydalanishni boshlash kerak.

Yassi oyoqlik keltirib chiqaradigan oqibatlar: skolioz tufayli mushaklarning assimetriyasi yuzaga keladi, bu esa umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va kelajakda boshqa jiddiy oqibatlarga olib keladi. Ular orasida qon aylanishining buzilishi, bosh og‘rig‘i va boshqa nevrologik muammolar bor, deb tushuntirdi mutaxassis.

Yassi oyoqlikning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Ota-onalar bolaning holatini doimiy ravishda kuzatib borishlari kerak. U stolda gavdasini to‘g‘ri tutib, tirsaklarini stol yuzasiga qo‘yib o‘tirishi kerak. Maktab sumkasini ikkala yelkaga to‘g‘ri taqishi kerak. Raqs tugaragi yoki ot minish kabi jismoniy mashqlar qomatni to‘g‘ri rivojlantirishga yordam beradi.

Agar skoliz aniqlansa, muammoni hal qilish uchun fizioterapiya, massaj va elektr stimulyatsiyasi kerak bo‘ladi. Yassi oyoqlik va skoliozni o‘z vaqtida tashxislash va tuzatish kelajakda jiddiy muammolarning oldini oladi.

Теги :
Jamiyat