Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +10° kechasi +9°

90 000$ dollar va Nigeriyaga "uchgan" uy

Fuqaro Afrikadan "meros" olaman deb uyini sotib yubordi.

1 daqiqa o‘qiladi

90 000$ dollar va Nigeriyaga "uchgan" uy

90 000$ dollar va Nigeriyaga "uchgan" uy

Fuqaro Afrikadan "meros" olaman deb uyini sotib yubordi.

Elektron xat

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulov jurnalistlar bilan bo‘lgan brifingda nigeriyalik firibgarga aldangan shaxs haqida ma'lum qildi.

Unga Nigeriyadan elektron shaklda xat kelgan va xat mazmuniga ko'ra o'zbekistonlik fuqaroga katta miqdorda meros qolganligi aytilgan. 

Bu "meros"ni yuborish uchun esa fuqaro ma'lum bir miqdordagi xarajatlarni qoplashi kerakligini aytib undan pul talab qilishgan.

Nigeriyaga "uchgan" uy

Firibgar o'zining kamaz haydovchisi ekanligini aytib, merosni yetkazish uchun chegaradan o'ta olmayotganini bildirgan va maydalab-maydalab 90 000$ pul mablag'larini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan.

Aldanib qolgan fuqaro bu uchun o'z uyini ham sotib yuborgan. 

Ma'lum qilinishicha, fuqaro firibgarga yana pul o'tkazish niyatida ekan.